OChL. Shukurov gol urgan o‘yinda jamoasi amaldagi Osiyo chempionlariga mag‘lub bo‘ldi

  • 9 aprel, 2022, 03:26
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan "Al-Hilol" - "Sharja" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda saudiyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Dastlab, 5-daqiqada Solih Ash-Shehri penaltidan gol urib, hisobni ochdi. Biroz o‘tib legionerimiz Otabek Shukurov o‘yinda muvozanatni tikladi. 62-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Mishael Rishard "Al-Hilol"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 

Shu tariqa, Shukurov to‘p tepayotgan BAAning "Sharja" klubi turnirdagi yurishini muvaffaqiyatsiz boshladi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!