Odil Ahmedovning sobiq ustozi jamoasi bilan UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etadi

  • 26 may, 2020, 08:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Marsel" klubi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash jamoadan ketmaslikka qaror qildi.

Tecno

“Men “Marsel”da baxtliman va jamoa bilan Chempionlar ligasida ishtirok etmoqchiman. Yangi shartnomaga keladigan bo‘lsak, avvalo moliyaviy ahvolni inobatga olish kerak. Har bir murabbiy munosib ish sharoitiga ega bo‘lishni xohlaydi”, - deya fikr bildirgan portugaliyalik mutaxassis.

Villash-Boash "Marsel"ni 2019 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvidagi jamoa joriy mavsum Frantsiya chempionatida PSJdan so‘ng 2-o‘rinni egalladi va Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. U bungacha "Portu", "Chelsi", "Tottenxem", "Zenit" va "Shanxay SIPG" klublarini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!