Odil Hamrobekov: Avstraliya bilan oldingi natijalar qog‘ozda qolgan, keyingi bosqichda raqib kim bo‘lishining farqi yo‘q

  • 22 yanvar, 2024, 14:54
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi 3-turida Avstraliya bilan kuch sinashadi. Bugun uchrashuv oldidan jamoalar bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoamiz etakchilaridan biri Odil Hamrobekov ishtirok etdi. 

Tecno

- Musobaqa yuqori saviyada, kutilmagan natijalar va qiziqarli o‘yinlar bilan o‘tmoqda. Bizni ertaga ajoyib bellashuv kutib turibdi.

Jamoaning kayfiyati yaxshi. Avvalgi o‘yindagi g‘alaba bunga yanada turtki bo‘ldi. Avstraliyaga gol ura olmaganimiz bu statistika xolos. U qog‘ozda qoldi. Bunday natijaning qachondir oxiri bor. Biz an’anaga chek qo‘yishga harakat qilamiz.

Bunday musoabqaga kelishdan oldin har qanday jamoa o‘z oldiga maqsad qo‘yadi. Hozirgi zamonaviy futbolda tasodifiy natijalarni ko‘rib turibmiz. Oddiy jamoalar etakchilarga qarshilik ko‘rsatishi mumkin. O‘yinga keladigan bo‘lsak, durang yoki g‘alaba qilsak, u yoki bu jamoaga tushamiz, deb o‘ylab o‘tirishga maydonga vaqt yo‘q. Raqib kim bo‘lishining farqi yo‘q. U xoh Avstraliya bo‘lsin, xoh Saudiya Arabistoni, - dedi Olid Hamrobekov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
А689 НМ
22/01/2024 17:06
Одилжон хак гапни гапирибди у жамаога тушмасликни бунисига тушсак деб футбол уйнаганжамоа максадга эришолмайди узига ишонган, галаба учун майдонга тушган голиб булади