O‘FA Osiyo kubogini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha OFKga ariza topshirdi. Mezbon aprelda e’lon qilinadi

  • 19 yanvar, 2021, 22:41
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘FA o‘tgan yilgi mavsum yakunida 2022 yilgi U-23 Osiyo kubogi O‘zbekistonda qabul qilish bo‘yicha OFKga so‘rovnoma yuborgan edi.

Shuningdek, ayollar futboli bo‘yicha 2022 yilgi U-20 Osiyo kubogini yurtimiz maydonida o‘tkazish maqsadida OFKga murojaat xati yo‘lladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Keyingi navbatda, OFK har bir talabgor a’zo assotsiatsiya bilan tender jarayoniga doir zaruriy hujjatlar ustida ish olib boradi.

Mazkur chempionatning rasmiy mezboni 2021 yil aprel oyida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!