O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanets oldiga aniq vazifa qo‘ydi

  • 27 avgust, 2021, 18:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘FA tomonidan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash maqsadida xorijiy va mahalliy murabbiylar nomzodi sinchkovlik bilan o‘rganib chiqildi. Murabbiylar kengashi hamda mutaxassislarning tahlil va tavsiyasiga ko‘ra sloveniyalik tajribali murabbiy Srechko Katanets nomzodi ma’qul, deb topildi.

Tecno

O‘FA rahbari Srechko Katanets boshchiligidagi milliy terma jamoamiz murabbiylar shtabiga O‘zbek xalqining azaliy orzusi hisoblangan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasini qo‘ydi. Bu yo‘lda kelajakni ko‘zlab, yosh, iste’dodli, kurashuvchan va vatanparvar futbolchilardan iborat raqobatbardosh tarkibni shakllantirish zarur ekanligini a’lohida ta’kidladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Rasman! O‘zbekiston MTJga bosh murabbiy tayinlandi. U qancha muddatga shartnoma imzolagani ham ma’lum (Foto)

photo_2021-08-27_14-57-19

Srechko Katanets: O‘zbekiston MTJdagi maoshi, futbolimizga berilgan baho, yurtimizdagi eng kuchli klub va boshqalar haqida

O‘z navbatida, Srechko Katanets ishonch va imkoniyat uchun O‘FA rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi hamda bor bilim va tajribasini ishga solgan holda har bir o‘yinda jamoani faqatgina g‘alaba tomon etaklashini aytib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, bugun Srechko Katanetsning O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shartnomaga ko‘ra, sloveniyalik mutaxassis 2025 yilga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.

photo_2021-08-27_14-57-19 (2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!