O‘FF prezidenti “Tsementchi” klubini Super Ligaga chiqqanligi bilan tabrikladi
O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umidjon Axmadjonov “Tsementchi” futbol klubi prezidenti Mo‘ysinjon Mexmonovga tabrik yo‘lladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
- “Tsementchi” futbol klubining ahil jamoasini futbol bo‘yicha 2017 yilgi birinchi liga musobaqalarida munosib ishtirok etgan xolda Super Ligada ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritganligi munosabati bilan samimiy tabriklayman!
2017 yilgi mavsum chempionlik poygasi juda shiddatli va qiziqarli kechdi. Yil sayin tajriba to‘plab, muxlislar mehrini qozonayotgan “Tsementchi” futbol klubi birinchi liga chempioni bo‘lganligi e’tiborga loyiqdir.
Umid qilaman, “Tsementchi” yutuqlar pillapoyasida yuqori ko‘tarilishida davom etib, 2018 yilgi O‘zbekiston Super Ligasida sermaxsul o‘yin ko‘rsatadi xamda chempionlik uchun kurashda etarlicha raqobat ko‘rsata oladi, - deya yoziladi maktubda.



Fikrlar