
OFK Kubogi. Bugungi g‘alaba "So‘g‘diyona"ni finalga olib chiqadi
Bugun OFK Kubogi hududlararo final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Unda "So‘g‘diyona" o‘z maydonida "Kuala-Lumpur Siti" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Jizzax shahri mezbonlik qiladigan bellashuv soat 18:00 da start oladi.
Ma’lumot uchun, mazkur o‘yin g‘olibi hal qiluvchi uchrashuvda Ummonning "Al-Sib" klubiga qarshi oltin medallar uchun maydonga tushadi.
Fikrlar