OFK Kubogi oldidan: "Nasaf" favorit" - guruhdagi raqib Berdiev jamoasi haqida ko‘p narsani biladi, chunki...

  • 18 aprel, 2021, 16:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz  bor, “Nasaf” klubi AGMKning sharofati bilan bu yil OFK Kubogida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, qarshiliklar “F” guruhida o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi.

Ro‘ziqul Berdiev jamoasi bu guruhda “Alay” (Qirg‘iziston), “Oltin Asr” (Turkmaniston) va “Xo‘jand” (Tojikiston) klublari bilan keyingi bosqichga chiqish uchun kurashadi.

O‘yinlar markazlashgan holda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o‘tkaziladi. “Nasaf” klubi ilk uchrashuvni 14 may kuni Qirg‘izistonning “Alay” jamoasiga qarshi boshlaydi. Guruh bosqichi uchrashuvlariga ham tobora oz fursat qolmoqda. Hozirda raqiblar bir-birini o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar. “Nasaf”ning guruh bosqichidagi dastlabki raqibi – “Alay” ham ushbu musobaqaga jiddiy qaramoqda. Chunki qirg‘iz klubining asosiy maqsadi OFK Kubogida iloji boricha uzoqroqqa borish hisoblanadi.

“Alay” klubiga bugungi kunda tojikistonlik mutaxassis No‘’mon Yusupov bosh murabbiylik qilmoqda. U o‘z yurtida bo‘lib o‘tadigan guruh bahslariga jamoasini jiddiy tayyorlamoqda. Shu bois ushbu murabbiy sports.uz muxbiri bilan muloqot qildi. Avvalo, Yusupov jamoasining OFK Kubogidagi vazifasi haqida gapirdi.  

- Har bir uchrashuvda munosib o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. To‘g‘ri, aytishga osonu, lekin guruhimizdagi raqiblar anoyi emas. Chunki ular o‘z mamlakatining eng yaxshi klublari sirasiga kiradi.

yusupov_1

Qizig‘i, “F” guruhida qo‘shni mamlakatlarning klublari joy olishgan. Buni esa xuddi Markaziy Osiyo chempionatiga ham qiyoslasa bo‘ladi. Hamma o‘yinlar faqat derbidan iborat bo‘ladi. Bu fikrga “Alay” ustozi shunday javob qaytardi:

- Ha, qaysidir ma’noda shunday deya hisoblash ham mumkin. Qolaversa, qo‘shni davlatdagi klublar bilan o‘zaro to‘qnash kelish qaysidir ma’noda zavq bag‘ishlamasdan qolmaydi. Ayniqsa, mana shunday yuqori darajadagi turnir doirasida uchrashish juda bo‘lakcha. Yuqorida aytib o‘tganimdek, barcha jamoalar o‘z milliy chempionatlarining etakchilari hisoblanadi. Ular bilan bellashish esa oson bo‘lmaydi. Ular har doim o‘z birinchiliklarida yuqori o‘rinlardan birini egallagan holda OFK Kubogida ishtirok etishadi. Bu jamoalarning nomlari ham shunga monand ravishda jarangdor yangraydi.

“Nasaf” jamoasining ishtiroki biz uchun ham muhim, ham qiziq. Uning qanday kuchga egaligini guruhdagi boshqa raqiblar yaxshi bilishsa kerak. Bunga No‘’mon Yusupovning quyidagi so‘zlari orqali yana bir bor amin bo‘ldik.  

- “Nasaf” haqida bizda ma’lumotlar etarli. Boz ustiga bu klubning O‘zbekiston chempionatidagi uchrashuvlaridan birini kuzatish asnosida yuqoridagi fikrimga yanada to‘liq amin bo‘ldim. Jamoa tarkibida mos ravishda mahalliy va legioner futbolchilarning bari juda mahoratli ijrochilar hisoblanadi. Yana shuni alohida ta’kidlamog‘im joizki, klubni juda yaxshi darajadagi mutaxassis boshqarmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, men “Nasaf”ni guruh favoriti deya bemalol ayta olaman. Jamoaning o‘yini ham juda yaxshi shakllangan. “Nasaf” haqidagi etarli ma’lumotlarga ega ekanligimizni yuqorida aytib o‘tdim. Shuningdek, klubning akademiyasi O‘zbekistondagi eng yaxshi futbol dargohlaridan biri hisoblanishini e’tirof qilib o‘tmog‘im darkor. Shuningdek, “Nasaf”da yaxshi baza borligini ham bilaman. Bir so‘z bilan aytganda, “Nasaf” haqiqiy professional klubdir. U erda futbolchilar va jamoa uchun hamma shart-sharoitlar muhayyo qilingan. “Nasaf” tarkibidagi futbolchilarning bari yuqori saviyadagi ijrochilardir.

yusupov1

Boya aytganimizdek, guruh bosqichi uchrashuvlari Dushanbeda tashkillashtiriladi. Yaqinda “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiev o‘yinlarning sun’iy maydonda o‘tkazilishini aytib, bu biroz qiyinchilik tug‘diriga ishora qilib o‘tgandi. Xo‘sh, bu fikrga “Alay” bosh murabbiyi qanday qaraydi?

- To‘g‘ri, bunday maydonda to‘p surish unchalik oson bo‘lmasligini ham tushunib turibman. Ayniqsa, jamoa bunday sun’iy qoplamali maydonda muntazam ravishda mashg‘ulot o‘tkazmasa va uchrashuvlarda ishtirok etmasa juda qiyin bo‘ladi. Biz bo‘lsak, mashqlarni va o‘yinlarni tabiiy chimli maydonda o‘tkazib kelamiz. To‘g‘ri, Tojikistonda ham sun’iy qoplamali maydon bor, ammo uning sifati ancha yaxshiroq ekanligini aytishim kerak. Ustiga-ustak may oyida havo ancha issiq bo‘ladi. Bu esa shunday maydonda to‘p surayotgan mahalda qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, - dedi Yusupov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
18/04/2021 17:31
Haqiqatdan. Uzbekistonni N1 Kamandasi Nasaf OFK. qatnashi. bir yoqdan uta kulgulik. lekin ayrim Nasafni kattalari aybi bilan Nasaf. hozir OFK qatnashapti. Nima bulganda ham maydonga hamma omil tasir qiladi oddiy misol Nasaf Sugdiyona Mashal Qizilqum. poliyalariga umuman uyinni chiqmadi. Navbahorni ham poliyasini chemi usgan ekan. tup mayda mayda paslar bilan uynaydigan va cheroyli uyin kursatadigan Nasafday kamandala qiynaladi. chunki Nasaf uyinchi hohlasa hohlamasa birinchi Novbatka sogligi turadi jarohat olib qolishdan qurqadi chunki bachala yosh kuzi qurib qolishidan. qisqasi Nasaf haqiqa har qancha fikr bersa ham kam. bunoqa Kamanda bunoqa uyin shunchaki. super.
Рустам Содиков
18/04/2021 23:45
Насаф жахонда бир. Нега у ОФК кубоги деган гадой топмас лигада уйнаши керак уни Англия примерида уйнатиш керак эди. Номардлар Насифни куромайсизлар.
SAMARIDDIN AMUR GPZ UZB
18/04/2021 23:31
Хабарингиз бор, “Насаф” клуби АГМКнинг шарофати билан бу йил ОФК Кубогида иштирок этиш имкониятини қўлга киритди. Шу тариқа, қаршиликлар “F” гуруҳида ўз ўйинларини ўтказади.
Manashu joyda silar adashtilaring sal farosatli bulinglar NASAFDI sharofati bilan agmk ochl da uynab yuribdi,
&
Турсун Ғани
18/04/2021 18:17
Насаф ОФК кубугини яна бир бор ютиш имконияти пайдо бўлибди. Бундан фойдаланиш керак Насаф.