
Og‘ir atletika. Og‘ir atletikada yana bir medal
Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilayotgan Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.
Bu safar uchinchi og‘ir atletikachimiz Nigora Suvonova ham delegatsiyamiz hisobiga medal qo‘shib qo‘ydi. -76 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan vakilamiz dast ko‘tarishda 93 kg bilan bronzaga ega chiqdi.
Oldinda siltab ko‘tarish mashqlari bor. Unda bu bahsda muvaffaqiyatli ishtirok tilab qolamiz.
Fikrlar