
Og‘ir atletika. Osiyo chempionatini bronza medali bilan boshladik
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyda o‘tayotgan Osiyo chempionatida dastlabki medalga sazovor bo‘ldi. -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan Husinboy Matrasulov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz dast ko‘tarish mashqida 140 kg bilan uchinchi natijani qayd etdi. Afsuski, siltab ko‘tarish (165 kg) va ikki kurash (305 kg) bo‘yicha unga biroz omad etishmadi va atletimiz umumiy hisobda to‘rtinchi bo‘lib musobaqani yakunladi.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar