
Og‘ir atletika. Vakillarimiz Osiyo chempionatiga jo‘nab ketishdi
Qatar poytaxtida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oldi.
Bugun mazkur musobaqada ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar Doxa shahriga yo‘l olishdi. O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining ma’lum qilishicha, qit’a birinchiligida 18 nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib borishadi.
Atletlarimizning chiqishi ertadan boshlanadi.
Fikrlar