Og‘ir atletika. Yoshlar terma jamoamiz Jahon chempionatiga yo‘l oldi

CHERY AUTO

Joriy yilning 22-26 may kunlari Peru poytaxti Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Bugun Jo‘rabek Zoirov boshchiligidagi yoshlar terma jamoamiz ushbu dunyo birinchiligida ishtirok etish uchun okean ortiga jo‘nab ketishdi.

Ta’kidlash kerakki, Limadagi musobaqada 6 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qilishi rejalashtirilgan:

Erkaklar
Ruslan Rahmatjonov (-81 kg)
Bekzod G‘ofurjonov (-89 kg)
Omadillo Olimov (+102 kg)

Ayollar
Lyudmila Elefteriadi (-55 kg)
Marjona Abdumutalova (-59 kg)
Dilnoza Fayzullaeva (-71 kg)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!