Og‘ir atletikachimizdan doping chiqdi

BEPUL PROPAN

Sportning barcha turlari bilan shug‘ullanuvchilar uchun jismoniy mashqlar g‘alabaga eltuvchi asosiy omil hisoblanadi.

Ba’zi sport turlari uchun esa biologik faol qo‘shimchalar, sport ozuqalarini iste’mol qilish ham talab etiladi, lekin bunday ozuqalarning hammasi ham sportda ruxsat etilmagan yani taqiqlangan bo‘lishi mumkin.

Hamyurtimiz og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar terma jamoasi a’zosi Maftuna Ismoilova O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining “Milliy test ro‘yxati”ga kiritilgan bo‘lib, rejali tarzda doping-nazoratidan o‘tishi belgilangan. Ismoilova joriy yilning noyabr oyida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida topshirgan doping-sinamasida “oksandrolon” va “stanozolol” taqiqlangan anabolik gormonal moddalar aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari boshlangan.

Butunjahon antidoping agentligining (WADA) Xalqaro testlash va tergov-surishtiruv bo‘yicha standarti talablariga asosan, M.Ismoilova joriy yilning 8 noyabr kunidan boshlab mazkur holat O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi (O‘zMADA) tomonidan to‘liq o‘rganilishi va tegishli qaror chiqazilgunga qadar sport faoliyatidan vaqtincha chetlashtiriladi.

Ma’lumot uchun shuni aytib o‘tish joizki, “oksandrolon” va “stanozolol” moddalari ko‘p holatlarda turli biologik faol qo‘shimchalar tarkibida uchraydi, lekin ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo‘riqnomada yoki mahsulotning qadog‘ida bu haqida ma’lumot berilmaydi. Shuning uchun tekshirilmagan, ishonchsiz biologik faol qo‘shimchalar, sport ozuqalarini iste’mol qilishda sportchilarimiz e’tiborli bo‘lishlari zarur.

Eslatma! Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!