
Og‘ir vaznli dzyudochilarimiz Tbilisi tatamilarini “yondirishdi”
Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasi o‘z yakuniga etdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kunida qatnashgan 3 nafar og‘ir vaznli polvonimiz shohsupaga ko‘tarildi.
O‘zining ajoyib ishtiroki bilan ko‘plab mutaxassislar e’tirofiga tushayotgan xorazmlik Alisher Yusupov Tbilisida joriy yil hisobidan “Katta dubulg‘a” turnirlarida ikkinchi bor finalgacha etib keldi. Afsuski, vakilimiz bu gal gruziyalik Gela Zaalashviliga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shuningdek, -100 kg vazn toifasida Otabek To‘raboev, +100 kg vazn toifasidagi boshqa bir yurtdoshimiz Shohruh Baxtiyorov bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Qayd etish joiz, bu ular uchun mazkur tasnifdagi turnirlarda qo‘lga kiritilgan dastlabki medaldir.
Shu tariqa, Tbilisi “Katta dubulg‘a” turnirida qatnashgan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunladi.
Kumush medal:
+100 kg: Alisher Yusupov
Bronza medal:
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev
-100 kg: Otabek To‘raboev
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov
MOQ matbuot xizmati
Fikrlar