OKMK va "Navbahor" chempionat doriasida 30 marta to‘qnashgan (prevyu)

  • 5 aprel, 2023, 17:59
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 5-turi doirasida "Navbahor" safarda Olmaliqning OKMK jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Mazkur jamoalar shu kunga qadar milliy chempionatda 30 marotaba kuch sinashgan. O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 12 marta, namanganliklar esa 9 marta zafar quchgan. To‘qqizta uchrashuvda esa g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich - 39:39 bo‘lib, bu borada tenglik.

Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ikkala jamoa O‘bekiston chempionatida ilk bora 2008 yilda to‘qnash kelgan. O‘sha yili Namanganda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda namanganliklar 2:0 hisobida zafar quchgan. Olmaliqdagi javob o‘yinida esa jamoalar durangga imzo chekkan edi – 1:1.

Mazkur klublarning Olmaliqda o‘tkazilgan bahslariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 15 ta bahsning 8 tasida mezbonlar g‘alaba qozongan bo‘lsa, "lochinlar" 4 marta zafar quchgan. Uchta uchrashuvda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlagan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 24:20, OKMK foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, OKMK – "Navbahor" uchrashuvi 9 aprel kuni Toshkentdagi "Jar" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs soat 18:05 da start oladi.

rpek

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
RB
05/04/2023 19:55
Навбахорга омад .Кучли жамоа зафар кучсин
Шухрат Хусаинов
05/04/2023 18:48
Бос ОКМК