
Oleg Zoteev gol urgan o‘yinda jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi
Yaqinda Janubiy Koreyaning Key-2 ligasi vakili – “Chonnam Dragons” jamoasi bilan shartnoma imzolagan hamyurtimiz Oleg Zoteev o‘zini ko‘rsatishni boshladi.
Bugun Janubiy Koreya Kubogining uchinchi bosqichi doirasida “Chonnam Dragons” “Kyonnam” klubiga qarshi to‘p surdi va ushbu bellashuvda hamyurtimiz to‘p surayotgan jamoa 4:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi va barcha gollar tanaffusdan so‘ng kiritildi. E’tiborlisi, bellashuvdagi oxirgi golni 81-daqiqada hamyurtimiz Oleg Zoteev raqib darvozasiga kiritdi.
Fikrlar