
"Olimpik" Turkiyaga uchib ketdi. Jiyanov, Sohibjonov va yana 7 nafar Olimpiya termasiga nomzod futbolchi ham jamoa bilan birga!
Mamlakatimizda 2023 yilgi futbol mavsumi nihoyasiga etganidan keyin "Olimpik" qishki ta’tilga chiqqan edi. Jamoa kecha klub qarorgohida yig‘ildi va bugun tongda Timur Kapadze boshchiligida qishki dastlabki yig‘inni o‘tkazish uchun Turkiyaga uchib ketdi.
Antaliyadagi yig‘in 17-28 dekabrga mo‘ljallangan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etib o‘tish kerak, "Olimpik"ning ushbu yig‘iniga O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga potentsial nomzod bo‘lgan 9 nafar futbolchi ham olib ketilmoqda. Murabbiylar ularning harakatlari va imkoniyatlarini tekshirib olishni maqsad qilgan.
"Olimpik"ning Antaliya yig‘iniga ketgan o‘yinchilar ro‘yxati:
1. Hamidullo Abdunabiev (2002) - darvozabon, "Olimpik"
2. Vladimir Nazarov (2002) - darvozabon, "Olimpik"
3. Shukron Yuldoshev (2002) - darvozabon, "Olimpik"
4. Rustam Jahonov (2004) - himoyachi, "Olimpik"
5. Asad Rahimjonov (2004) - himoyachi, "Olimpik"
6. Shahzod Toirov (2001) - himoyachi, "Olimpik"
7. Aleksandr Zevadinov (2004) - himoyachi, "Olimpik"
8. Saidafzal Ahrorov (2003) - himoyachi, "Olimpik"
9. Saidazamat Mirsaidov (2001) - himoyachi, "Olimpik"
10. Ahmadullo Muqumjonov (2002) - himoyachi, "Olimpik"
11. Muhammadaziz Ibrohimov (2001) - yarim himoyachi, "Olimpik"
12. Ibrohim Ibragimov (2001) - yarim himoyachi, "Olimpik"
13. Farruh Muxtorov (2002) - yarim himoyachi, "Olimpik"
14. Jasur Jaloliddinov (2002) - yarim himoyachi, "Olimpik"
15. Otabek Jo‘raqo‘ziev (2002) - hujumchi, "Olimpik"
16. Alisher Odilov (2001) - hujumchi, "Olimpik"
17. Muhammadali G‘iyosov (2002) - hujumchi, "Olimpik"
18. Akbar Abdurasulov (2003) - himoyachi, "Turon"
19. Toxir To‘xtasinov (2004) - himoyachi, "Bunyodkor"
20. Amir To‘raqulov (2004) - yarim himoyachi, "Bunyodkor"
21. Alisher Xayrullaev (2004) - yarim himoyachi, "Metallurg"
22. Asad Saidxonov (2002) - yarim himoyachi, "Turon"
23. Farhod Sohibjonov (2001) - yarim himoyachi, "Andijon"
24. Ruslan Jiyanov (2001) - hujumchi, "Nijniy Novgorod"
25. Samandar Mavlonqulov (2004) - hujumchi, "So‘g‘diyona"
26. Farruh Qodirov (2004) - hujumchi, "Turon".
Fikrlar