
Olimpiya o‘yinlari sovrindoriga jiddiy ayblov qo‘yilmoqda
Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) Olimpiya o‘yinlari sovrindori hisoblangan tailandlik Rattikan Gulnoyni antidoping qoidalarini buzarlikda gumon qilib vaqtincha sportdan chetlatdi.
U Butunjahon antidoping kodeksining 2.2-moddasiga ko‘ra, ya’ni taqiqlangan modda yoki uslubni qo‘llashda va qo‘llashga urinishda ayblanmoqda.
Ta’kidlash lozimkI, 27 yoshli Gulnoy 2012 yil Londonda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar