Oliy liga. Bugun uchinchi o‘rin uchun bahslar boshlanadi

 

Bugun futzal bo‘yicha XXI O‘zbekiston chempionati uchinchi o‘rin uchun bellashuvlariga start beriladi. Bronza medallarini qo‘lga kiritish maqsadida Toshkentning "Bunyodkor" hamda Qarshining "Do‘stlik-AIN" jamoalari o‘zaro kurash olib borishadi. Uchrashuv 15:00da "O‘zbekiston" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, milliy chempionatimizning pley-off o‘yinlari tomonlardan birining ikkita g‘alabasiga qadar davom etadi.

Oliy liga

Uchinchi o‘rin uchun

19.04.2017

15:00. "Bunyodkor" - "Do‘stlik-AIN"

Barcha ishqibozlarni "O‘zbekiston" sport majmuasiga taklif etib qolamiz. Arenaga kirish bepul.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!