
Oliy liga. Uchinchi o‘rin uchun va final o‘yinlari 19-22 aprel kunlari o‘tkaziladi
12-13 aprel kunlari futzal bo‘yicha XXI O‘zbekiston chempionatining yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning amaldagi chempioni "Olmaliq" jamoasi "Bunyodkor"ni, "Ardus" esa "Do‘stlik-AIN"ni ikkita o‘yinda mag‘lub etgan holda finalga yo‘l oldi.
Oliy liga joriy mavsumining uchinchi o‘rin uchun va final bellashuvlari 19-22 aprel kunlari "O‘zbekiston" sport majmuasida o‘tkaziladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda. Bronza medallari uchun bahs 19 apreldan boshlansa, oltin medallar uchun kurashga 20 apreldan start beriladi.
Oliy liga
Uchinchi o‘rin uchun
19.04.2017
15:00. "Bunyodkor" - "Do‘stlik-AIN"
20.04.2017
Uchinchi o‘rin uchun
15:00. "Do‘stlik-AIN" - "Bunyodkor"
Final
18:00. "Olmaliq" - "Ardus"
21.04.2017
Uchinchi o‘rin uchun
15:00. "Bunyodkor" - "Do‘stlik-AIN"
Final
18:00. "Ardus" - "Olmaliq"
22.04.2017
Final
18:00. "Ardus" - "Olmaliq"
Uchinchi o‘rin uchun va final uchrashuvlari tomonlardan birining ikkita g‘alabasiga qadar davom etadi. Agar bitta klub dastlabki ikki kundagi o‘yinni o‘z foydasiga hal etsa, u holda uchinchi kungi bahsga hojat qolmaydi.
Barcha muxlislarni "O‘zbekiston" sport majmuasiga taklif etib qolamiz.
Fikrlar