Olti yildan so‘ng "Chelsi" futbolchisi eng zo‘r deb topildi

  • 10.05.2024 19:32
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasida aprel oyining eng yaxshi futbolchisi aniqladi.

Sovrinni "Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer qo‘lga kiritdi. Palmer o‘tgan oy Angliya chempionatida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, ettita gol urdi va bitta samarali uztamani amalga oshirdi. Angliyalik futbolchi 2023/2024 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovriniga ham da’vogarlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Qizig‘i shundaki, "Chelsi" vakili oxirgi marta 2018 yilda bu sovrin egasi bo‘lgan. Sentyabr oyida fantastik o‘yin o‘tkazgan Eden Azar "Player of the month" sovrinni qo‘lga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz, "aristokratlar" APLning navbatdagi bahsini "Nottingem Forest"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!