
"Oltin to‘p"-2024: Qachon? Qaerda? G‘oliblikka nomzodlar kimlar?
Frantsiyaning France Football jurnali tomonidan ta’sis etilgan “Oltin to‘p” - 2024 nufuzli mukofotini topshirish marosimi 28 oktyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. Tadbir Sena daryosi qirg‘og‘ida joylashgan Shatle teatrida bo‘lib o‘tadi.
Marosim davomida 2023/2024 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlar o‘z egalariga topshiriladi:
«Oltin to‘p» (mavsumning eng yaxshi erkak futbolchisi). Nomzodlar: Vinisius Junior («Real»), Rodri («Manchester Siti»), Kilian Mbappe («Real»), Erling Xoland («Manchester Siti»), Jud Bellingem («Real»), Xarri Keyn («Bavariya»), Lamin Yamal («Barselona»);
«Oltin to‘p» (mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi). Nomzodlar: Aytana Bonmati («Barselona»), Aleksiya Putelyas («Barselona»), Loren Jeyms («Chelsi»);
Kop sovrini (mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi (U21). Nomzodlar: Lamin Yamal («Barselona»), Arda Gyuler («Real»), Uorren Zair-Emeri («PSJ»);
Yashin sovrini (mavsumning eng yaxshi darvozaboni). Nomzodlar: Emiliano Martines («Aston Villa»), Janluiji Donnarumma («PSJ»), Yan Zommer («Inter»);
Gerd Myuller sovrini (mavsumning eng yaxshi to‘purari) — da’vogarlar ro‘yxati va g‘olibni aniqlash mezonlari e’lon qilinmagan;
Mavsumning eng yaxshi erkaklar jamoasi. Nomzodlar: «Borussiya» D (Germaniya), «Jirona» (Ispaniya), «Bayer» (Germaniya), «Manchester Siti» (Angliya) va «Real» (Ispaniya);
Mavsumning eng yaxshi ayollar jamoasi. Nomzodlar: «Barselona» (Ispaniya), «Chelsi» (Angliya), «Nyu-Jersi/Nyu-York Gotem» (AQShA), «Lion» (Frantsiya) va «PSJ» (Frantsiya);
Mavsumning eng yaxshi murabbiyi (erkaklar futbolida). Nomzodlar: Xabi Alonso («Bayer»), Karlo Anchelotti («Real»), Luis de la Fuente (Ispaniya terma jamoasi), Jan Pero Gasperini («Atalanta»), Xosep Gvardiola («Manchester Siti») ap Lionel Skaloni (Argentina terma jamoasi);
Mavsumning eng yaxshi murabbiyi (ayollar futbolida). Nomzodlar: Sonya Bompastor («Lion»/«Chelsi»), Artur Elias («Korintians»/Braziliya terma jamoasi), Jonatan Xiraldes («Barselona»/«Vashington Spirit»), Emma Xeys («Chelsi»/AQSh terma jamoasi), Filipa Patao («Benfika») va Sarina Vigman (Angliya terma jamoasi).
Barcha yo‘nalishlarda nomzodlarning to‘liq ro‘yxati bilan UEFA rasmiy veb-saytida tanishib olishingiz mumkin.
Fikrlar