
"Oltin to‘p" haqida bilishingiz kerak bo‘lgan muhim ma’lumotlar: qaysi klub rekordchi, eng yosh va eng qari sovrindor kim?
"Oltin to‘p"ning boy tarixi bor - bugun tunda mukofotning 69-sohibini bilib olamiz. Quyida mukofot haqidagi asosiy ma’lumotlarni taqdim etamiz.
Messi rekordchi, Ronaldu esa unga yaqin
36 nafar futbolchi faoliyatida bir marta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan. Yana o‘n nafar o‘yinchi esa ikki va undan ortiq marotaba mazkur mukofotga ega chiqqan. Quyida sovringa ikki yoki undan ko‘p loyiq topilgan futbolchilar bilan tanishishingiz mumkin:
- Lionel Messi - 8
- Krishtianu Ronaldu - 5
- Mishel Platini - 3
- Yoxan Kroyff - 3
- Marko van Basten - 3
- Bekkenbauer - 2
- Ronaldo - 2
- Alfredo Di Stefano - 2
- Kevin Kigan - 2
- Karl-Xaynts Rumminigge -2
Messi shunday rekordchiki, yaqin yillarda unga etib olish mutlaqo imkonsiz. Krishtianu Ronalduni ham hozircha ortda qoldirish qiyin. Beshlikda uzoq davrlarda to‘p tepgan uchlik ham bor: 1970 yillardan - Yoxan Kroyff, 1980 yillardan - Mishel Platini, 1990 yillar boshidan - Marko van Basten.
O‘tgan o‘n yillikda faoliyatini yakunlagan futbolchilardan bu o‘nlikda faqatgina Ronaldo bor.
Argentina mukofotlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda
Messi tufayli Argentina "Oltin to‘p" soni bo‘yicha mamlakatlar orasida peshqadamlik qilmoqda. Taxmin qilganingizdek, sakkizta mukofotning barchasi Messida.
Yana to‘rtta millat yaqinlashib kelmoqda - ularning har biri rekordga etib olishi mumkin. Agar "Oltin to‘p"ni, Usmon Dembele yoki Vitinya qo‘lga kiritsa, shunday bo‘ladi.
- Argentina - 8
- Frantsiya - 7
- Germaniya - 7
- Niderlandiya - 7
- Portugaliya - 7
Angliya, Italiya (beshta sovrindan) va Ispaniya (to‘rttadan) eng kuchli beshlikka kira olmadi. Inglizlar 2001 yildan beri (Maykl Ouen), italiyaliklar 2006 yildan beri (Fabio Kannavaro), ispanlar esa o‘tgan yili (Rodri) 1960 yildan buyon birinchi marta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishdi.
Qaysi mamlakatlarda "Oltin to‘p" sovrindorlari eng ko‘p? Bu erda uchta etakchi bor
- Frantsiya - 5
- Germaniya - 5
- Italiya - 5
- Braziliya - 4
- Angliya - 4
Agar Usmon Dembele g‘alaba qozonsa, Frantsiyani bu ro‘yxatda yagona peshqadamga aylantiradi va Raymon Kopa, Jan-Per Papen, Mishel Platini, Zinedin Zidan hamda Karim Benzemaga qo‘shiladi.
Nemislarda ham xilma-xillik mavjud, lekin ko‘proq o‘tmishdan: Gerd Myuller, Frants Bekkenbauer, Karl-Xaynts Rummenigge, Matias Zammer va Lotar Matteus. Italiyalik beshlik esa quyidagicha: Janni Rivera, Omar Sivori (u Argentina terma jamoasida ham o‘ynagan, ammo sovrinni italiyalik sifatida olgan), Paolo Rossi, Roberto Bajjo va Fabio Kannavaro.
Portugaliyaliklarda sovrinlar ko‘p, biroq Ronaldudan tashqari ularni faqat Eusebio va Luish Figu qo‘lga kiritgan.
Faqatgina bitta mukofotga ega bo‘lgan mamlakatlar ham bor: Bolgariya (Xristo Stoichkov), Vengriya (Florian Albert), Daniya (Allan Simonsen), Liberiya (Jorj Vea), Shimoliy Irlandiya (Jorj Best), Ukraina (Andrey Shevchenko), Xorvatiya (Luka Modrich), Shotlandiya (Denis Lou). Chexoslovakiyadan Yozef Masopust, Chexiyada esa Pavel Nedved.
Futbolchilari eng ko‘p "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan murabbiylar ro‘yxatida Jovanni Trapattoni etakchilik qilmoqda: oltita sovrin to‘rt xil futbolchiga nasib etgan, yarimini Platini olgan, qolgan uch sovrindor esa - Paolo Rossi, Lotar Matteus va Roberto Bajjo.
Karlo Anchelotti davrida beshta sovrinni qo‘l ostidagi futbolchilar qo‘lga kiritgan: Andrey Shevchenko, Kaka, Ronaldu (2 marta) va Benzema. Xosep Gvardiola davrida ham shuncha bo‘lgan: to‘rt marta Messi, yana bir marta - Rodri.
Agar bugun "Oltin to‘p"da Dembele yoki Vitinya g‘alaba qozonsa, bu Luis Enrike jamoasidagi futbolchining ikkinchi sovrini bo‘ladi: o‘n yil oldin uning qo‘l ostida "Barselona"da Messi g‘olib chiqqandi. Lamin Yamal yoki Rafinyaning g‘alabasi esa Xans-Diter Flik uchun birinchisi bo‘lardi.
"Oltin To‘p" sohiblarining aksariyati "Barselona" va "Real Madrid"da o‘ynagan
Hisob-kitoblarda bir nechta bahsli holatlar yuz berdi. Masalan, Lionel Messi 2021 yilning kuzida mukofotni qo‘lga kiritdi - bu paytda u yozda "Barselona"dan PSJga o‘tgan edi. Rasman PSJ futbolchisi bo‘lsa-da, "Oltin To‘p"ga ko‘proq "Barselona" futbolchisi sifatida loyiq bo‘lgan.
Bu holatda biz kelishuv asosida uning mukofotini ikkala klubga ham hisobladik, sababi o‘sha paytda "France Football" o‘tgan mavsumni emas, balki taqvim yilini baholardi.
- "Barselona" - 15
- "Real Madrid" - 12
- "Yuventus" - 9
- "Milan" - 8
- "Bavariya" - 5
Beshtalik ro‘yxatga kirmagan jamoalardan biri "Manchester Yunayted" hisoblanadi. Jamoa o‘yinchilari to‘rt marotaba "Oltin To‘p"ni qo‘lga kiritishgan.
Shuningdek, yuqori ligalardan bo‘lmagan, ammo o‘yinchilari g‘olib bo‘lgan jamoalar ham bor: "Benfika" (Eusebio), "Dinamo Kiev" (Oleg Bloxin, Igor Belanov), "Dinamo Moskva" (Lev Yashin),"Dukla" (Masopust), "Inter Mayami" (Messi), PSV (Rud Gullit), "Ferentsvarosh" (Florian Albert).
Agar juda rasmiy yondashadigan bo‘lsak va mukofotni faqat o‘yinchining joriy klubiga hisoblaydigan bo‘lsak, "Real Madrid" va "Barselona"ning mukofotlari teng - 12 tadan.
"Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritilgan davrdagi klublar bo‘yicha taqsimot quyidagicha ko‘rinishda:
- "Real Madrid" - 8
- "Yuventus" - 7
- "Barselona" - 6
- "Milan" - 6
- MYu - 4
Yuqorida tilga olingan Ronaldu, Figu, Kannavaro, Kopa va Benzemadan tashqari, "Real" safida Alfredo Di Stefano, Ronaldo va Luka Modrich ham "Oltin to‘p" sohibiga aylangan.
"Barselona"da Messidan tashqari, Kroyff, Rivaldo, Ronaldo, Ronaldino, Xristo Stoichkov, Figu va ispaniyalik Luis Suares ham bu mukofotni qo‘lga kiritgan.
Agar mukofotni qo‘lga kiritish paytida o‘yinchilarning faqat joriy klublarini hisobga olsak, "Real"da sakkizta, "Barselona"da oltita "Oltin to‘p" bor.
Ushbu klublar tufayli Ispaniya peshqadamlik qilmoqda. Barcha "Oltin to‘plar"ning deyarli 2/3 qismini aynan shu ikki chempionat - Ispaniya va Italiya vakillari qo‘lga kiritgan.
- La Liga - 26
- A Seriya - 20
- Bundesliga - 9
- APL - 7
- Liga 1 - 4
68 ta "Oltin to‘p"dan 54 tasi evropaliklarga, 13 tasi esa janubiy amerikaliklarga nasib etgan (Messidan tashqari, Ronaldoga ikkita, Rivaldo, Ronaldino va Kakaga bittadan). Ro‘yxatda bitta afrikalik futbolchi ham bor - uni Liberiyalik hujumchi Jorj Vea qo‘lga kiritgan.
Ronaldo - eng yosh g‘olib, Metyuz esa - eng keksa sovrindor bo‘lgan
Braziliyalik Ronaldo "Barselona"dan "Inter"ga o‘tganda, 21 yoshida mukofotni qo‘lga kiritgan. Eng yosh g‘oliblar ro‘yxatida Messi va Ouen bilan birga Jorj Best ham bor.
Eng yosh sovrindorlar beshligi bilan tanishing.
- Ronaldo - 21 yosh 1997 yil
- Lionel Messi - 22 yosh 2009 yil
- Maykl Ouen - 22 yosh 2001 yil
- Jorj Best - 22 yosh 1968 yil
Eng keksa g‘oliblar beshligi esa quyidagicha ko‘rinishga ega.
- Stenli Metyuz - 41 yosh 1956 yil
- Lionel Messi - 36 yosh 2023 yil
- Karim Benzema - 35 yosh 2022 yil
- Lionel Messi - 34 yosh 2021 yil
- Lev Yashin - 34 yosh 1963 yil
Aynan hujumchilarning boshqalardan ko‘ra ko‘proq mukofot olishlari ajablanarli emas. Ro‘yxatda faqat bitta darvozabon - Yashin, to‘rtta himoyachi - Bekkenbauer (ikki marta), Zammer va Kannavaro bor.
- Hujumchilar - 44 marotaba
- Yarim himoyachilar - 19 marotaba
- Himoyachilar - 4 marotaba
- Darvozabon - 1 marotaba
Ehtimol, bugun tunda hujumchilar o‘z ustunliklarini yanada mustahkamlaydilar.
Fikrlar