"Oltin to‘p" sohibi Shomurodovning sobiq jamoasida qancha maosh oladi?

  • 06.11.2021 14:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Avval xabar berganimizdek, Ukraina terma jamoasining sobiq ustozi Andrey Shevchenko tez orada "Jenoa" bosh murabbiyiga aylanishi kutilmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, ukrainalik mutaxassisning “Jenoa”dagi yillik maoshi 1,8 million evroni tashkil qiladi. Bundan tashqari ma’lum miqdorda bonuslar ham belgilangan.

45 yoshli Shevchenko A Seriya klubi bilan 2023 yilgacha shartnoma imzolaydi. Tomonlar o‘zaro kelishgan holda ushbu shartnomani yana bir yilga uzaytirishlari mumkin.

Hozirda "Jenoa"ni Davide Ballardini boshqarmoqda. Jamoa A Seriyada 15-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!