
“Oltin to‘p” sohibining o‘g‘li A Seriyada o‘ynaydi
Italiya futbolining afsonasi, 2006 yilgi “Oltin to‘p” sohibi va jahon chempioni Fabio Kannavaroning o‘g‘li Andrea faoliyatini “Latsio”da davom ettiradigan bo‘ldi.
“Latsio” rasmiy sayti 17 yoshli yarim himoyachi jamoa bilan shartnoma imzolagani va 17 yoshgacha futbolchilar guruhini boshqarayotgan Marko Alboni qo‘l ostiga o‘tganini xabar qilmoqda.
Otasi Xitoy milliy terma jamoasini boshqarayotgani bois, Andrea ham “Guanchjou Evergrand” jamoasi sharafini himoya qilayotgan edi. Biroq, o‘z yurtida o‘qishni istagan futbolchi vataniga qaytib kelishga qaror qildi.
Fikrlar