
Neymar va Mbappening kelajagi Ramosga bog‘lanib qoldi
Neymar PSJ rahbariyatiga agar “Real” himoyachisi Serxio Ramos Parijga olib kelinadigan bo‘lsa klub bilan yangi shartnoma imzolashini ma’lum qildi.
- Serxio agar sen PSJga o‘tadigan bo‘lsang, ertasi kuni men klub bilan shartnomani uzaytiraman. Mbappe ham xuddi shunday qiladi. Agar kelsang, birgalikda kamida ikki marta Evrokuboklarni qo‘lga kiritamiz, - dedi Neymar.
Ta’kidlash joizki, braziliyalik hujumchi “Barselona”da o‘ynagan yillari “el-klasiko”da “Real” himoyachisi Ramos bilan bir necha bor to‘qnash kelgan.
Fikrlar