“Siti” 100 million evrolik transferlarni ko‘zlamoqda

  • 19 noyabr, 2020, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati jamoa tarkibini yanada kuchaytirish maqsadida “Aston Villa”ning ikki futbolchisi uchun 100 million evrodan voz kechishga tayyor.

Tecno

Xosep Gvardiola 25 yoshli Jek Grilish va 22 yashar Duglas Luizni o‘z shogirdlari orasida ko‘rmoqchi.

Angliya terma jamoasi o‘yinchisi Jek Grilish joriy mavsumda premer-ligada sakkizta uchrashuvda beshta gol urib, oltita golli pas uzatdi. Bu futbolchiga anchadan beri “Manchester Yunayted” ham xaridor bo‘lmoqda.

Tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida to‘p surayotgan braziliyalik Duglas Luiz sakkizta bahsda o‘z vazifasini uddalash barobarida ikki marta jamoadoshlarining goliga hammuallif  bo‘ldi.

“Real” Ramosning o‘rniga keladigan himoyachilar nomini oshkor qildi

"Siti" taklif qilgan narx "Sevilya"ga yoqmadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!