“Oltin to‘p” uchun asosiy favoritlar ro‘yxati yangilandi
Joriy mavsum tez orada yakunlanishi munosabati bilan Goal portali "Oltin toʻp" sovriniga daʼvogarlar reytingini yangiladi.
Onlayn nashr mutaxassislarining talqiniga koʻra, individual sovrin uchun "Bavariya" hujumchisi Harri Keyn asosiy daʼvogar boʻlib turibdi. Ikkinchi oʻrinda "Real Madrid" aʼzosi Kilian Mbappe joylashgan. Kuchli uchlikni "Bavariya" vingeri Maykl Olise yakunladi.
2026 yildagi “Oltin toʻp” uchun asosiy daʼvogarlar”:
1. Harri Keyn ("Bavariya").
2. Kilian Mbappe ("Real Madrid").
3. Maykl Olise ("Bavariya").
4. Lamin Yamal ("Barselona").
5. Luis Dias ("Bavariya").
6. Erling Xoland ("Manchester Siti").
7. Xulian Alvares ("Atletiko" Madrid).
8. Deklan Rays ("Arsenal").
9. Vitinʼya (PSJ).
10. Vinisius Juniyor ("Real Madrid").
Fikrlar