
"Omadli taqvim" o‘yinining oltinchi soni (matnli va videotranslyatsiya)
Xabaringiz bor, SPORTS.uz internet axborot nashri "Omadli taqvim" deya nomlangan sovrinli o‘yinni yo‘lga qo‘ygan. Bugun mazkur o‘yinimizning 6-soni Siz azizlarga taqdim etiladi.
17:15 Shuning bilan oltinchi sonimiz ham o‘z nihoyasiga etdi
17:12 Ular Redmi smartfonining tannarxini pul ko‘rinishida qabul qilib olishadi
17:10 Rendomizer tanlagan 6 raqamning 5 tasini to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 6 tani tashkil etmoqda
17:09 Oltinchi raqam - 12 va bizda Redmi'ning egalari aniqlandi
17:08 Beshinchi raqam - 18! Hozircha 5 ta raqamni to‘g‘ri topgan ishtirokchi topilmadi! Afsus!
17:07 To‘rtinchi raqam - 10! G‘oliblikka hozircha 23 nafar ishtirokchi da’vogarlik qilmoqda
17:07 Uchinchi raqam - 21! 2, 11 va 21 raqamlarini to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 334 tani tashkil etmoqda
17:06 Ikkinchi raqam - 11! 2 va 11 raqamlarini to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 3588!
17:05 Dastlabki raqam - 2! 48 149 nafar ishtirokchi ushbu raqamni to‘g‘ri topgan
17:04 Diqqat qiling biz boshladik!
17:03 Ushbu g‘oliblarimiz yurtimizning go‘zal go‘shalaridan biri bo‘lmish Samarqand va Qashqadaryo viloyatidan bo‘lgan ishtirokchilarimiz edi
17:02 Ularga esa o‘yinimiz qoidasiga ko‘ra, Redmi smartfonining tannarxi pul ko‘rinishida ularga taqdim etildi
17:01 O‘tgan sonda Rendomizer tanlagan 6 raqamning 5 tasini to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 3 tani tashkil etgan edi
17:00 O‘yinimiz efirga chiqdi. Videotranslyatsiyani YouTube, Facebook va Instagram sahifalarimiz orqali kuzatib borish imkoniga egasiz
16:45 Oltinchi son start olishiga 15 daqiqa qoldi, ijodiy jamoa so‘nggi tayyorgarlikni ham yakunlashdi
16:36 O‘yinimizni boshlash uchun barcha narsa shay holatga keltirilgan
16:25 Ayni daqiqalarda "Omadli taqvim" o‘yinining oltinchi soniga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
O‘yinimiz shartlariga ko‘ra, bizga ishtirokchilar 1 dan 36 gacha bo‘lgan raqamlardan 6 tasini tanlab olib, yuborishlari kerak bo‘ladi.
Bugun "Omadli taqvim" sovrinli o‘yini odatdagidek kunning ikkinchi qismida, aniqorg‘i 17:00 da efirga chiqadi. Jonli efirni saytimizning YouTube, Facebook va Instagram sahifalari orqali kuzatib borish imkoniga egasiz. Bundan tashqari, saytimizda onlayn matnli translyatsiya ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Ps: O‘yinga oid qolgan ma’lumotlarni SPORTS.uz sayti orqali bilib olishingiz mumkin. Qolaversa, doim ushbu sayt va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib borishingiz darkor. Sababi o‘yinga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, yangiliklardan xabardor bo‘lib borasiz.
Fikrlar