"Opta" superkompyuteri Chempionlar ligasi favoritini aniqladi

  • 23 oktabr, 14:18
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasining 3-tur bahslari yakunlanganidan so‘ng, "Opta" superkompyuteri musobaqada g‘alaba qozonish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan jamoalarni ma’lum qildi.

Tecno

Hisob-kitoblarga ko‘ra, “Arsenal”ning chempion bo‘lish ehtimoli 21,13 foizni tashkil etmoqda. Undan keyingi o‘rinda PSJ — 14,03 foiz, hamda “Liverpul” — 12,31 foiz bilan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi turnir g‘olibi parijliklar klubi hisoblanadi. Joriy mavsum finali 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi “Pushkash Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish joiz, hozirgi vaqtda PSJ, “Real Madrid”, “Bavariya”, “Inter” va “Arsenal” klublari bir xil — 9 ochkodan to‘plab, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!