O‘q otish. Merganlarimiz litsenzion jahon chempionatida ishtirok etishadi
Bugundan Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlandi. 1-sentyabrga qadar davom etadigan musobaqada 101 mamlakatdan 1200 nafardan ziyod sportchi g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Ahamiyatlisi, mazkur musobaqada Olimpiya dasturlarida Parij-2024 litsenziyalari ham o‘ynaladi. Yurtdoshlarimiz hozirda so‘nggi tayyorgarlik jarayonini olib borishmoqda. Jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
Pnevmatik miltiqdan o‘q otish: Vadim Skorovarov, Javohir Sohibov, Muxtasar Toxirova;
Pnevatik to‘pponchadan o‘q otish: Muhammad Kamolov, Vladimir Svechnikov, Veniamin Nikitin, Sitora Ergashbaeva.
Manba: MOQ



Fikrlar