O‘q otish. Yoshlarimiz Osiyo chempionatida yana 2 ta medalga sazovor bo‘lishdi

  • 15 noyabr, 2022, 12:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Koreyada o‘tayotgan o‘q otish sporti bo‘yicha Osiyo chempionatining navbatdagi bahslari ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun sermahsul o‘tdi. Bugun hamyurtlarimiz ikki yo‘nalishda shohsupaga ko‘tarilishdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati 

Tecno

10 metrga to‘pponchadan otish dasturi jamoamizning eng kuchli yo‘nalishiga aylanib bormoqda. Kecha Veniamin Nikitin U18 toifasida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bugun Muhammad Kamalov U20 toifasida bronza medali bilan taqdirlandi.

1-o‘rin Samrat Rana (Hindiston)
2-o‘rinSagar Dangi (Hindiston)
3-o‘rinMuhammad Kamalov (O‘zbekiston)

Shuningdek, Veniamin Nikitin, Sodiqjon Abdullaev hamda Muhammadyusuf Haydarovdan iborat trio o‘smirlar o‘rtasidagi jamoaviy dasturda bronza medali sohibiga aylanishdi.

1-o‘rin Hindiston
2-o‘rin Koreya Respublikasi
3-o‘rin O‘zbekiston

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!