“O‘rmonchilar” o‘z yulduziga dahshatli narx qo‘ydi
Angliya Premier-ligasida ishtirok etayotgan “Nottingem Forest” jamoasi o‘z sardori Morgan Gibbs-Uayt uchun 125 million funtlik narx belgiladi.
Avvalroq “o‘rmoqchilar” kelasi yozda Gibbs-Uaytga jiddiy qiziqish bo‘lishini kutayotgani va Morgan uchun asosiy da’vogarlardan biri “Bavariya” bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Gibbs-Uaytga bo‘lgan ehtimoliy qiziqishga oldindan tayyorgarlik ko‘rayotgan “Forest” Angliya terma jamoasining 26 yoshli futbolchisi uchun Premier-liga rekordiga teng 125 million funt talab qiladigan bldi.
Bu summa “Liverpul” Aleksander Isak, “Manchester Siti” esa Enzo Fernandez uchun to‘lgan rekord miqdordagi mablag‘ga teng.
Football Insider xabar berishicha, bunday yuqori narx Gibbs-Uaytning ajoyib sport formasi bilan izohlanmoqda. Morgan o‘tgan mavsum Premier-ligada 15 ta gol urgan bo‘lsa, joriy kalendar yilida 13 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

Fikrlar