Ortiq bunga chidamayman!

  • 29 dekabr, 2022, 10:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatardagi jahon chempionatida mahoratini namoyish eta olgan marokashlik Hakim Ziesh “Chelsi”dagi holatidan norozi ekanini bildirdi.

Tecno

Hujumkor futbolchi murabbiylar shtabining unga etarli darajada o‘yin amaliyoti berilishi haqidagi va’dalaridan charchaganini va vaziyatni o‘zgartirish uchun Londondan ketishga tayyorligini uqtirmoqda.

Bosh murabbiy Grem Potter Zieshdan asosiy tarkibga loyiq o‘yinchi ekanini isbotlashni talab qilyapti.

Marokashlik o‘yinchi qishki transferlar oynasi yopilishi bilan bosh murabbiy uni zaxiraga mixlab qo‘yishidan xavotirda va yanvarda o‘ziga boshqa jamoa topmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Hakim Zieshning o‘zi Italiya chempionatida o‘zini ko‘rsata olishiga ishonmoqda va A Seriya grandlaridan taklif kutyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!