
O‘rtoqlik o‘yini. "Alaniya" "Energetik-BGU"ni mag‘lub etdi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Rossiya klublari o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etmoqda.
Bugun "Alaniya" jamoasi Belarusning "Energetik-BGU" klubiga qarshi maydonga tushdi. O‘yin vladikavkazliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
E’tiborlisi, "Alaniya"ning dastlabki golida Husain Norchaev bevosita ishtirok etdi. Aynan legionerimizning aniq zarbasidan so‘ng darvozabondan qaytgan to‘pni Gogniev darvozaga kiritdi.
Belarusliklar tarkibida kutilganidek Abduqodir Husanov maydonga tushmadi, u faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi kutilmoqda.
Fikrlar