
O‘rtoqlik o‘yini. "Arsenal" kambek amalga oshirib, MYudan ustun keldi
Ayni damda ko‘plab Evropanig grand klublari mavsumoldi nazorat uchrashuvlarini AQShda o‘tkazmoqda va bir qancha o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Mana shunday o‘yinlarning birida "Arsenal" va "Manchester Yunayted" maydonga tushdi va unda londonliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda dastlab, Xoylund 11-daqiqada manchesterliklarni oldinga olib chiqgan bo‘lsa, Jezus 26-daqiqada Jezus hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi taym so‘nggida Martinelli uchrashuvdagi so‘nggi nuqtani qo‘ydi.
Fikrlar