
O‘rtoqlik o‘yini. Avstraliya Janubiy Amerika vakilini taslim etdi
O‘rtoqlik o‘yini doirasida Avstraliya Ekvador bilan kuch sinashdi. Unda "yashil qit’a vakillari" 3:1 hisobida zafar quchdi.
Avstraliyaliklar safida gollarga Irvin, Mabil va Kuol mualliflik qildi. Janubiy amerikaliklarning yagona golini Torres kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida, Ekvador jahon chempionatida guruhdan chiqish masalasini hal eta olmadi. Avstraliya esa nimchorak finalda jahon chempionlari Argentinaga imkoniyatni boy bergandi.
Fikrlar