O‘rtoqlik o‘yini. "Buxoro" Kosova klubiga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi

  • 19.01.2026 22:20
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Buxoro" Superliganing yangi mavsumiga BAAda tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Bugun jamoa dastlabki nazorat o‘yini doirasida Kosovaning "Drechina" klubiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 1:0 hisobida kosovaliklar g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol 32-daqiqada Mehdi Cho‘uba tomonidan kiritildi.

Ma’lumot uchun, keyingi o‘yinda "Buxoro" 23 yanvar kuni "Szeged 2011" jamoasi bilan bahs olib boradi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!