O‘rtoqlik o‘yini. "Dinamo" Qozog‘izton klubidan ustun keldi
Yangi mavsumda Dubayda tayyorgarlik ko‘rayotgan "Dinamo" jamoasi dastlabki xalqaro uchrashuvini Qozog‘istonning "Qaysar" klubiga qarshi o‘tkazdi.
"Al-Rashid" stadionida kechgan bahsda Vadim Abramov jamoa safida deyarli barcha futbolchilarga imkoniyat berdi. Uchrashuvning 1-daqiqasidayoq Nurulla To‘xtasinovning uzatmasidan keyin Anvarjon Hojimirzaev hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim yakunida qozog‘lar hisobni tenglashtirishdi – 1:1.
Ikkinchi bo‘limda esa Hojimirzaev dastlab dublini nishonladi, ko‘p o‘tmay Sanjar Qodirqulov jarima zarbasidan qoyilmaqom gol urib, hisobni 3:1ga yetkazdi.
Shu tariqa, Samarqand klubi yig‘indagi dastlabki bahsida Qozog‘iston jamoasidan ustun keldi.
Fikrlar