
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston OTJ Xitoyni mag‘lub etdi
Xitoyda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borayotgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bugun mezbonlarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi.
Timur Kapadze Jasurbek Jaloliddinov va Alisher Odilovning gollari evaziga 2:1 hisobida zafar quchdi. Maydon egalarining yagona goli Jia Feyfan hisobiga yozildi.
Zaxiradan quyidagi futbolchilar maydonga tushdi: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Husayn Norchaev, Umarali Rahmonaliev, Muhammadaziz Ibrohimov, Javohir Utamurodov, Farruh Muxtorov, Eldor Begimov.
Fikrlar