O‘rtoqlik o‘yini. Yaponiya Shimoliy Amerika termasi darvozasiga naq 6 ta javobsiz to‘p kiritdi

  • 16 iyun, 2023, 17:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘rtoqlik o‘yini doirasida Yaponiya terma jamoasi kecha Shimoliy Amerikaning Salvador termasiga qarshi maydonga chiqdi. Unda "kunchiqar yurt vakillari" yirik 6:0 hisobida raqibni tor-mor keltirdi. 

Tecno

Yaponiyaliklar tarkibida Taniguti, Ueda, Kubo, Doan, Nakamura va Furuxasi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Salvador termasi bu gollarga javob berishga muvaffaq bo‘lmadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Yaponiya keyingi o‘rtoqlik o‘yinida Peru termasiga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv 20 iyun kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!