O‘rtoqlik uchrashuvi. "Bunyodkor" Bolgariya jamoasidan ustun keldi
"Bunyodkor" Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni Turkiyada davom ettirmoqda.
Bugun Antaliya yig‘ini doirasida "qaldirgochlar" uchinchi nazorat o‘yinida Bolgariyaning “Dobrudja” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Ushbu bellashuvda vakillarimiz kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona golga esa Matija Krivokapić mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, klubning xorijdagi yig‘ini 18 fevralga qadar davom etadi.

Fikrlar