O‘rtoqlik uchrashuvi. OKMK Polsha klubiga yutqazdi
OKMK jamoasi BAAda yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu tayyorgarlik doirasida navbatdagi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi.
Polshaning "Leh" klubiga qarshi kechgan bellashuvda olmaliqliklar 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Mirjalol Qosimov jamoasida yagona golni Akbar O‘ktamov kiritdi.
OKMK quyidagicha tarkibda o‘yinni boshladi:
Javohir Ilyosov, Eldor Begimov, Shahzod Toirov, Abror Karimov, Saidafzalxon Ahrorov, Rian Islomov, Giorgi Papava, Arihiro Sentoku, Asad Sobirjonov, Naoaki Senaga, David Skhirtladze (ko‘rikda).
"Konchilar" ikkinchi bo‘limda quyida futbolchilar bilan harakat qildi:
Hamidullo Abdunabiev, Saidakbar Sharipov, Abubakr Rizo Turdialiev, Asror Otaxonov, Ahmadullo Muqimjonov, Sherzod Komilov, Mirjamol Qosimov, Hazrat Tursunqulov, Akbar O‘ktamov, Komil Tojiddinov, Ali Abdurahmonov

Fikrlar