O‘runov asosiy tarkibda maydonga tushgan uchrashuv haqida Tedesko nimalar dedi?

  • 4 oktabr, 2020, 00:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasi 10-turidan o‘rin olgan "Spartak" hamda "Zenit" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida o‘z yakuniga etdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida moskvaliklar bosh murabbiyi Domeniko Tedesko bellashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Yaxshi o‘yin guvohiga aylandik. Dastlabki 20 daqiqada jamoamiz to‘pga egalik qildi. Shundan so‘ng, "Zenit" bizni himoyalanishga majbur etdi. Hujumchilarga uzatilgan to‘plar maydon markazida ushlab qolindi. Etarlicha ko‘p fol ishlatdik. 

Ikkinchi taym yaxshiroq kechdi. Larsson va Ponseda imkoniyatlar yuzaga keldi. Raqiblar ham gol urishi mumkin edi. Hisob adolatli bo‘ldi. Ammo u qadar qoniqarli natija bo‘lmadi, g‘alaba qozonishimiz mumkin edi", - dedi Tedesko.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!