
O‘runov Eronga qarshi o‘ynay oladimi?
"Persepolis" klubi futbolchilari ayni damdagi FIFA kunlarida to‘rt xil mamlakat sharafini himoya qilish uchun mamlakatlariga yo‘l oldi. Klub ushbu futolchilariga omad tiladi. Bular: Oston O‘runov (O‘zbekiston), Giorgi Golsiani (Gruziya), Aleksis Gunduz (Jazoir) va Milad Muhammad (Eron).
Ta’kidlash kerak, "Persepolis" va Eron terma jamoasi futbolchisi Hosseyn Kanoni jarohati bois O‘zbekiston va Qatarga qarshi bellashuvlarni o‘tkazib yuboradi.
Avvalroq, Oston O‘runov jarohat olgani va mazkur yig‘inda termamizga yordam bera olmasligi mumkinligi haqida xabarlar chiqayotgandi. Biroq uning holati ayni damda barqaror va futbolchi termamizning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun "JAR" o‘yingohiga etib kelgan.
Fikrlar