O‘runovga mashhur murabbiy ustozlik qilishi kutilmoqda

  • 21 dekabr, 2020, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak”da jamoa boshqaruvidan ketishi mumkin bo‘lgan Domeniko Tedesko o‘rnini mashhur murabbiy Leonardu Jardim egallashi kutilmoqda.

Tecno

“Spartak” klubi rahbariyati Tedesko jamoadan ketadigan bo‘lsa, bosh murabbiy lavozimiga xorijlik mutaxassisni olib kelishga qaror qilgan. Ro‘yxatga portugaliyalik Jardim ham kiritildi.

Oston O‘runov jamoasi chempionlik uchun kurashda asosiy raqobatchisi bo‘lgan “Zenit”ga 1:3 hisobida yutqazganidan so‘ng, klub rahbariyati Tedesko bilan yozda yakunlanadigan shartnomani uzaytirimaslikka qaror qilgan.

Tedesko murabbiyligida Oston O‘runov asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi. Garchi germaniyalik mutaxassis hamyurtimizning iqtidoriga tan bergan bo‘lsa-da, uni bahs oxirida bir necha daqiqa o‘ynatish bilan kifoyalanyapti  xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!