O‘runovning jamoadoshini APLga olib ketishmoqchi

  • 19.12.2020 15:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Moskvaning "Spartak" klubi yarim himoyachisi Aleks Kral "Vest Xem"ning transfer nishoniga aylandi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “bolg‘achilar” rahbariyati davralar oralig‘ida jamoaning markaziy chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va bu borada aynan 22 yoshli chexiyalik futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘yishgan.

Moskva grandi o‘zining asosiy futbolchilaridan biriga aylangan Kralni sotishga tayyor. “Spartak” rahbariyati uning transferini 18 mln evroga baholamoqda.

Aleks Kral joriy mavsum 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!