"Osiyo bolalari-2022". 29 ta medal qo‘lga kiritilgan kundan so‘ng delegatsiyamiz nechanchi o‘rinda?

  • 31 iyul, 2022, 22:52
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Rossiyaning Vladivostok shahrida "Osiyo bolalari-2022" xalqaro o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Bugun vakillarimiz 29 ta medal qo‘lga kiritgan holda, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Kun yakuni bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi 6 ta oltin, 10 ta kumush va 13 ta bronza bilan 5-o‘rinda bormoqda. Davlatlar kesimida esa, 2-pog‘onani band etib turibmiz.

Quyida medal jamg‘arish bo‘yicha holat bilan tanishish imkoniyatiga egasiz:

1. Moskva (20 oltin, 23 kumush, 16 bronza)
2. Sibir okrugi (15, 20, 16)
3. Ural okrugi (10, 10, 11)
4. Tatariston (10, 1, 9)
5. O‘zbekiston (6, 10, 13).

Mamlakatlar kesimida:

1. Rossiya
2. O‘zbekiston
3. Turkmaniston.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!