"Osiyo bolalari-2022". Navbatdagi kun ham medallar shodasi bilan boshlandi

  • 1 avgust, 2022, 13:46
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Rossiyaning Vladivostok shahrida "Osiyo bolalari-2022" o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Vakillarimiz bugungi kunni ancha sermahsul boshladi. Xususan, engil atletikachilarimiz 1 ta oltin va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston vakili Shohruh Iskandarov shohsupaning uchinchi pog‘onasini band etdi.

Kurashchi qizlarimizdan esa oltin xet-trik! Ayollar kurashi bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarda 3 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Qizlarimizdan Shohista Shonazarova, Mashhura Abdumusaeva, Muhayyo Rahimjonova barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

3x3 basketbol bo‘yicha qizlar jamoamiz ham chempionlikni qo‘lga kiritdi! Finalgacha bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan vakilalarimiz hal qiluvchi bahsda yomg‘irli havo bo‘lishiga qaramay, g‘alaba qozonib, delegatsiyamiz hisobiga yana bir oltinni qo‘shib qo‘yishdi. 

Ural Federal okrugiga qarshi kechgan uchrashuv 9:7 hisobida O‘zbekiston sharafiga hal bo‘ldi.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!