“Osiyo bolalari-2022”. O‘zbekiston delegatsiyasi 3-o‘ringa ko‘tarildi

  • 2 avgust, 2022, 19:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida o‘tayotgan VII “Osiyo bolalari” sport o‘yinlarining beshinchi kungi bellashuvlari yakunlandi.

Tecno

VII “Osiyo bolalari” sport o‘yinlarining beshinchi kungi bellashuvlari ham vakillarimiz uchun omadli keldi. O‘zbekiston delegatsiyasi jami 16 ta medalga (11 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza) sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, VII “Osiyo bolalari” sport o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi to‘rtinchi kungi bellashuvlardan keyin 22ta oltin, 15ta kumush va 20ta bronza, jami 57ta medal bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Hamyurtlarimiz musobaqa davomida quyidagi sport turlari bo‘yicha g‘olib va sovrindor bo‘lishdi:

6_17

Dzyudo: 5ta oltin

3x3 basketbol: 1ta oltin

Suzish: 1ta kumush, 2ta bronza

Stol tennisi: 1ta kumush, 2ta bronza

Engil atletika: 4ta oltin, 4ta kumush va 8ta bronza

Badiiy gimnastika: 2ta kumush, 3ta bronza

Taekvondo: 3ta oltin, 2ta kumush va 2ta bronza

Yunon-rum kurashi: 9ta oltin, 5ta kumush va 3ta bronza.

Ma’lumot uchun: ertaga, 3-avgust kuni sportchilarimiz boks, sambo, dzyudo va o‘q otishda medallar uchun kurash olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Hamidullo Abdualiyev
02/08/2022 19:34
Ёшларимизга ишонамиз, улар бизни келажагимиз.